"Lasio"ning sobiq darvozaboni: "So‘nggi yetti o‘yindagi ikkita g‘alaba yetarli emas"
"Lasio"ning sobiq darvozaboni Luka Markedjani "Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
Uning fikricha, klub rahbariyati qandaydir chora ko‘rishi kerak va yaqin orada iste’foga chiqishi haqidagi gap-so‘zlar uzoqqa cho‘zilgani yo‘q.
"Vaziyat nimadir qilish kerak bo‘ladigan darajaga yetdi. Bu o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi, so‘nggi yetti o‘yinda ikkita g‘alaba yetarli emas.
"Milan"ning Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etayotgani vaziyatga yordam bermayapti", deya Markedjanining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.