Kapello: "Milan" uchun bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi"
"Milan" "Sassuolo" klubiga qarshi kubok jangida qatnashdi.
Paulo Fonseka jamoasi 6 ta gol urdi. Ammo endi "Milan" Italiya chempionatida "Atalanta" bilan o‘ynashi kerak, bu juma kuni sodir bo‘ladi.
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "rossonerilar"ning bo‘lajak raqiblariga yuqori baho beradi.
Uning fikriga ko‘ra, "Atalanta" bu yil chempionlik uchun kurashadi.
"Gasperini shogirdlari "Napoli" va "Inter" bilan chempionlik uchun kurashadi. "Milan" uchun bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi.
Skudettoning bu mavsumdagi g‘olibi faqat may oyida aniqlanadi", deya Kapelloning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.