"Chelsi" Mareska qo‘l ostida yayrab o‘ynamoqda
Londonning "Chelsi" klubi bu mavsumda turli rekordlar o‘rnatmoqda.
Enso Mareska shogirdlari barcha turnirlarda 22 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 57 ta gol urishgan.
O‘rtacha hisobda "ko‘klar" har bir o‘yinda 2,6 gol urishmoqda - bu klub uchun tarixdagi eng yaxshi ko‘rsatkich, deya qayd etadi Opta.
Ayni damda aynan "Chelsi" APLda urilgan gollar bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda - 14-turdan keyin 31ta gol urildi.
Chorshanba kuni londonliklar Aksel Disasi, Kristofer Nkunku, Noni Madueke, Koul Palmer va Jeydon Sanchoning aniq zarbalari evaziga "Sautgempton"ni mehmonda mag‘lub etishdi (5:1).