"Arsenal" himoyachisi o‘ziga klub tanladi
"Arsenal" himoyachisi Kiran Tirni faoliyatini Shotlandiyaning "Seltik" klubida davom ettirmoqchi.
Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda. Avvalroq, Angliya premyer-ligasining bir qancha klublarida ishlagan “Seltik” bosh murabbiyi Brendan Rojers futbolchini qo‘lga kiritishni talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli Tirni "Seltik"ka qaytish uchun boshqa klublar takliflarini rad etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Kiran Shotlandiya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda Tirni Liga kubogi o‘yinida faqat bitta o‘yinda qatnashdi va gol ura olmadi.