Serxio Ramos yana bir yangi klub bilan muzokaralarni boshladi
Yana bir klub erkin agent Serxio Ramosni o‘z safiga jalb qilishga urinmoqda.
38 yoshli faxriy yozdan beri yangi klub topa olmadi. Futbolchi turli chempionatlardagi klublar vakillari bilan muzokaralar olib borgan, biroq hozircha hech kimga roziligini bermagan. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, ispaniyalik uchun yangi da’vogar – Braziliyaning "Kruzeyro" jamoasi. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Serxio Ramos o‘tgan mavsumni "Sevilya"da o‘tkazdi va uyga qaytishdan oldin u ikki yil davomida Fransiyaning "PSJ" klubi sharafini himoya qildi. Futbolchi faoliyatining asosiy qismi 2005 yildan 2021 yilgacha o‘ynagan "Real Madrid"da o‘tgan.