Jorje Mendesh Yamalning "Barselona" bilan yangi shartnomasi bo‘yicha vaziyat haqida gapirdi
Taniqli agent Jorje Mendesh "Barselona" vingeri Lamin Yamal bilan shartnoma borasidagi vaziyatga izoh berdi.
17 yoshli futbolchining Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarida yakuniga etadi. Ma’lumki, tomonlar yangi uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi.
"Yamal, ehtimol, yaqin orada "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi, u qolishi kerak. Bir-ikki oy ichida bo‘ladimi, ayta olmayman, lekin bu albatta bo‘ladi. Lamin 2024 yilni ajoyib o‘tkazdi, men uchun bu dunyodagi eng yaxshi yil bo‘ldi", - deya Mendesh so‘zlarini keltiradi Barca Universal.