Tchuameni: "Ba’zida gapirib bo‘lmaydigan narsalar bor"
Aureliyen Tchuameni futbolchilarga qarama-qarshi bildiriladigan munosabat haqida gapirdi.
“Uyda men, Aureliyen Tchuameniman. Lekin maydonga chiqsam, sahnaga chiqqandek bo‘laman. Bu boshqa xarakter.
Chunki aslida futbol va boshqa ko‘plab sohalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qiyin narsa nima qilayotganimiz emas, balki atrofimizda sodir bo‘layotgan barcha narsalarga bildirayotgan munosabatimizdir.
Jurnalistlar bilan muloqotda bo‘lganingizda, ma’lum daqiqalarda tilingiz bog‘lanadi, chunki gapirib bo‘lmaydigan narsalar bor. Bu haqiqat", – dedi futbolchi.