Balage: "Siti"ning yangilangan maqsadi kuchli to‘rtlikka kirish bo‘ladi"
Gilyem Balagening aytishicha, "Man Siti" Premyer-liganing ushbu mavsumini kuchli to‘rtlikda yakunlashni maqsad qilgan.
Ayni vaqtda Pep Gvardiola shogirdlari 27 ochko bilan Premyer-ligada 7-o‘rinda bormoqda.
"Gvardiola bo‘yicha qaror qabul qilishning hojati yo‘q. Balki "Real Madrid", "Barselona" yoki "Yuventus" bo‘lganida, tashqaridan bosim juda katta bo‘lardi va Gvardiola ketishi kerakligi haqida argument paydo bo‘lardi.
U "Siti"da ko‘p g‘alaba qozondi, qanday qilib kimdir uni muvaffaqiyatsiz deb aytishi mumkin?
Ha, bu inqiroz. Ammo ularning barcha muammolarini inobatga olgan holda, «Siti»ning yangilangan maqsadi kuchli to‘rtlikka kirish bo‘ladi. Bu hozir hammaning xayolida.
G‘oya mudofaa tuzilmalarini yaxshilash va ular uchun ma’lum bo‘lgan intensivlikni tiklash orqali shakllantiriladi", – dedi Balage.