Pep: "Hozir katta maqsad haqida o‘ylash xato"
Pep Gvardiola "Manchester Siti"dagi hozirgi holatga baho berdi.
"Manchester Siti" APLdagi so‘nggi 5 o‘yinda ketma-ket mag‘lub bo‘ldi va barcha turnirlarda 7 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Jamoa APL turnir jadvalida "Liverpul"dan 11 ochko ortda qolib, 5-o‘rinni egallab turibdi.
"Ushbu tarkib bilan biz o‘tgan mavsumda erishgan darajaga yaqin bo‘lardik. Yanvar oyida biz ichki munozarani o‘tkazamiz, chunki hammasi o‘sha paytgacha bo‘ladigan vaziyatga bog‘liq.
Oldingi natijalardan keyin katta maqsad haqida o‘ylash katta xato bo‘lardi. Biz o‘zimizga yaqin bo‘lgan jamoani mag‘lub etishimiz va kuchli to‘rtlikka yaqinlashishimiz uchun undan foydalanishimiz kerak.
Biz ikkinchi bo‘lishdan unchalik uzoq emasmiz, lekin barchasi izchillik bilan bog‘liq. "Liverpul" ajoyib jamoa va biz faqat o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz yana qadamma-qadam olg‘a borishimiz kerak", - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.