Gvardiola muxlislar uchun yangilik bilan bo‘lishdi
Himoyachi Manuel Akanji "Manchester Siti" asosiy guruhida mashg‘ulotlarni davom ettirdi.
Bu haqda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola gapirdi.
“Akanji mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu biz uchun ajoyib yangilik. U bo‘lajak o‘yinda o‘ynashga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman.
Kecha u birinchi to‘liq mashg‘ulotini o‘tkazdi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi ingliz grandi matbuot xizmati.