Himoyachi Manuel Akanji "Manchester Siti" asosiy guruhida mashg‘ulotlarni davom ettirdi.
Bu haqda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola gapirdi.
“Akanji mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu biz uchun ajoyib yangilik. U bo‘lajak o‘yinda o‘ynashga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman.
Kecha u birinchi to‘liq mashg‘ulotini o‘tkazdi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi ingliz grandi matbuot xizmati.