Marmush Germaniya Bundesligasining narxi eng qimmatlagan futbolchisi deb topildi
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Umar Marmush Transfermarkt portali tomonidan Germaniya Bundesligasining eng so‘nggi yangilanishiga ko‘ra mavsumning eng qimmatlagan futbolchisi deb topildi. Shu tariqa misrlikning narxi 20 million yevroga oshdi va hozirda 60 millionga yetdi.
Narxlari ko‘tarilganlar reytingida ikkinchi o‘rinni Jeymi Bayno-Gittens egallab turibdi, bu yosh "Borussiya Dortmund" futbolchisining qiymati hozirda 15 million yevroga oshib, 50 millionni tashkil etadi.
Uchinchi o‘rinni narxi 10 million yevroga qimmatlashgan Florian Virs (“Bayer”), Jamol Musiala (“Bavariya”) va Ugo Ekitike (“Ayntraxt”) bo‘lishdi.