"Arsenal" "Sevilya" yarim himoyachisini diqqat bilan kuzatib bormoqda
"Kanonirlar" o‘z jamoasining kelajagini ta’minlash uchun faol ravishda yosh tayanch himoyachi izlamoqda, Tomas Parti va Jorjinyo o‘zlarining eng yaxshi davrlarini o‘tkazib bo‘ldi va ikkalasining ham mavsum oxirida shartnomalari tugaydi.
Xabarga ko‘ra, "Arsenal" "Sevilya" futbolchisi Lyusen Agumeni diqqat bilan kuzatib bormoqda. 22 yoshli yarim himoyachining hamyurti Uilmyam Saliba bilan bitta agentga egaligi "Arsenal"ning shartnoma imzolash imkoniyatlarini yanada kuchaytirishi mumkin.
Joriy mavsumda Lyusen Agume 17 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq u hech qanday samarali natija qayd etmadi. Futbolchining taxminiy transfer qiymati 7,6 million yevroga baholanmoqda.