Slot: "Biz jadvalda yetakchimiz, lekin bu muhimmi yoki yo‘qligini aytish qiyin"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o‘z jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalidagi yetakchiligi haqida gapirdi. “Qizillar” beshta uchrashuvdan beshtasida g‘alaba qozonib, 15 ochko to‘plashdi.
"Bu haqda biror narsa deyish qiyin. Chempionlar ligasida yetakchilik qilish qaysidir jamoaga foydali bo‘ldimi, kuchli sakkiztalikka kirish foydalimi yoki yo‘qmi, faqat mavsum oxirida ma’lum bo‘ladi. Biz asosiy tarkib bilan o‘ynaymiz va eng yuqori o‘rinni egallash uchun hamma narsani qilishga harakat qilamiz. Agar bu bizni 1/8 finalda kuchli raqib bilan tushishga olib keladigan bo‘lsa, unda keyingi mavsumda biz boshqacha harakat qilamiz", - deya Slot so‘zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.
Bugun, 10 dekabr kuni “Liverpul” Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida “Jirona”ga qarshi bahs olib boradi.