Alberto Tevesning natijasini takrorladi
Yuri Alberto Braziliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
"Korintians"da to‘p tepayotgan futbolchi milliy chempionatda 15 ta gol urdi. Vitoriyalik Alerrandro ham xuddi shunday natijaga erishdi.
Bir yil ichida hujumchi 31 ta gol urdi: Braziliya ligasida 15 ta, Sudamerikana kubogida 9 ta, Paulista chempionatida 5 ta va Braziliya kubogida 2 ta gol.
Alberto 21-asrda bunchalik ko‘p gol urgan klubning ikkinchi futbolchisiga aylandi. 2005 yilda Karlos Teves ham xuddi shunday natija qayd etgandi.