Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin
Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.
SimplyUTD ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Rangnik "qizil iblislar"ning sport direktori lavozimini egallashi mumkin. Bu lavozim Den Eshuort iste’foga chiqqanidan keyin bo‘shab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Rangnik 2021 yil dekabr oyida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylangan va shartnoma imzolagan, unga ko‘ra u 2021/2022 yilgi mavsum oxirida klub maslahatchisi lavozimiga o‘tishi kerak edi.