Kanchelskis: "Amorimning ishiga mavsum oxirida baho beramiz"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis "mankunianliklar" jamoasida bosh murabbiy almashgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Yaqinda “qizil iblislar” boshqaruvi lavozimini portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim egalladi.
"Amorimning ishiga mavsum oxirida baho beramiz. Hozircha "Yunayted"ning o‘yinida o‘zgarishlar bo‘lganini ayta olmayman.
Mavsum yakunida barcha xulosalarni chiqaramiz", - dedi Kanchelskis.