Reynders: "Bizning o‘yinimiz emas"
Italiya futbolida o‘n beshinchi tur o‘yinlari boshlandi, "Milan" Bergamoga yo‘l oldi, ammo u erda mahalliy "Atalanta"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Milan"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Tijani Reynders o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi.
"Bu biz o‘ynamoqchi bo‘lgan o‘yin emas edi. Albatta, biz g‘alaba qozonishni xohlagandik, ammo imkoniyatlarimiz kam edi. Endi biz faqat oldinga qarash va eng yaxshisiga umid qilishimiz mumkin. Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yinimiz chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi", - deya niderandiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Keyingi turda “Milan” “Jenoa”ga qarshi bahs olib boradi.