Postekoglu Devisning jarohati haqidagi savollarga javob berdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu himoyachi Ben Devisning jarohati haqidagi savolga javob berdi.
"Uning tizzasidan jarohati borga o‘xshaydi. Devis va Dregushin har bir o‘yinda almashtirishlarsiz o‘ynaydi, bu biz rotasiya qila olmaydigan yagona pozisiya. Shubhasiz, Ben biroz vaqtni o‘tkazib yuboradi, biz kutishimiz va bu uzoq davom etmasligiga umid qilishimiz mumkin", - deya Postekoglu so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Tottenxem" matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Devis kechagi “Bornmut”ga qarshi o‘yinda (0:1) jarohat olib, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida almashtirilgan edi.