Arauxoning ahvoli haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi
"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo tez orada maydonga qaytishi mumkin.
Urugvaylik futbolchi yozda olgan jarohatidan deyarli tuzalib ketdi, buni yaqinda Xans-Diter Flikning o‘zi ham tasdiqlagan. Diario Sport xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Betis" bilan navbatdagi o‘yinda optimal formaga kirishga ulgurmaydi, biroq Chempionlar ligasi doirasidagi "Borussiya"ga qarshi o‘yin uchun tarkibga kiritilishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronald Arauxo iyul oyida Braziliya terma jamoasiga qarshi Amerika kubogi o‘yinida jarohat olgan edi, shuning uchun u hali Flik boshchiligidagi "Barselona" o‘yinlarida ishtirok etmadi.