"Lasio" hujumchisi: "Jamoam uchun sehrli oqshom bo‘ldi"
Italiya futbolida Italiya kubogining 1/8 finali doirasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. “Lasio” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
“Napoli” darvozasiga uchta golning barchasini yosh hujumchi Tijani Noslin kiritdi – u professional faoliyatida birinchi marta bir uchrashuvda bittadan ortiq gol urdi.
O‘yindan so‘ng uchrashuv bosh qahramoni yakuniy natija haqida shunday dedi: "Men uchun ham, jamoam uchun ham sehrli oqshom bo‘ldi.
Men uni hech qachon unutmayman. Murabbiy bilan yaxshi muloqot qilamiz, u meni doim o‘zimga ishonishga undaydi", - deya Noslinning so‘zlarini keltiradi cittaceleste.it.