Gittensga «Arsenal», «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda
«Sky Sport» jurnalisti Patrik Bergerning xabar berishicha, Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Jeymi Gittensni «Arsenal», «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli angliyalik futbolchi hali hech bo‘lmaganda yana bir yil jamoada qolishni istamoqda.
Ammo Gittens o‘zining uzoq muddatli kelajagini Premyer-ligada ko‘radi.
Qayd etilishicha, «Borussiya D»ni yarim himoyachini sotishga majbur qiladigan summa 100 million yevroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Gittens 18 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.