"Manchester Yunayted" Eriksen bilan xayrlashmoqchi
"Manchester Yunayted" hali ham yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas.
Eriksen "Manchester Yunayted"ning joriy mavsumdagi Premyer-liga o‘yinlarining yarmida asosiy tarkibda maydonga tushdi, jumladan, Ruben Amorim qo‘l ostida "Ipsvich"ga qarshi o‘yinda ham dastlabki daqiqalarda o‘ynadi.
Ammo “Manchester Yunayted”da bosh murabbiyning o‘zgarishi klubning 32 yoshli daniyalik futbolchi uchun rejalarini o‘zgartirmadi, deya ta’kidlaydi Sky Sport Germany.
"MYU" hali ham Eriksenni erkin agent sifatida qo‘yib yubormoqchi, ya’ni Kristian yanvardan boshlab chet el klublari bilan muzokara qila oladi.
Kelgusi yozda "Manchester Yunayted" maydon markazini yaxshilab kuchaytirishga umid qilmoqda, tayanch yarim himoyachisi, markaziy yarim himoyachi va hatto pleymeykerni olib kelishni rejalashtirmoqda.