Amorim effekti. "Manchester Yunayted" Yevropa ligasi o‘yinida tarixiy muvaffaqiyatga erishdi
Yaqinda Yevropa ligasi doirasidagi o‘yinda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Budyo-Glimt”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu bir vaqtning o‘zida bir nechta rekordlarni yangilash imkonini bergan kuchli irodali g‘alaba edi.
Opta xabariga ko‘ra, tarixida birinchi marta "qizil iblislar" bitta o‘yinda 700dan ortiq uzatmani amalga oshirgan, aniqrog‘i 723 ta. Bundan tashqari, to‘pga egalik qilish 70% dan oshdi (72,4%).
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim uchun bu "Manchester Yunayted" boshidagi ikkinchi, ammo "Old Trafford"dagi birinchi o‘yin edi.