"Bolonya" va "Lill" muxlislari o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘ldi
"Bolonya" muxlislar armiyasi Chempionlar ligasi o‘yini arafasida "Lill" muxlislariga hujum qildi.
Bugun "Bolonya" Chempionlar ligasining 5-turi doirasida Fransiya klubini qabul qildi va imkoniyatni boy berdi (1:2).
Republicca xabariga ko‘ra, kecha tunda "Bolonya"dagi Irlandiya qovoqxonasida muxlislar o‘rtasida katta mushtlashuv kelib chiqqan.
Unda 30 ga yaqin "Lill" muxlislari va ularga hujum qilgan 80 ga yaqin italiyalik ultras ishtirok etdi.
To‘qnashuv bir necha daqiqa davom etdi va polisiya yetib kelgach, “Bolonya” muxlislari yuzlarini yashirib, binoni tark etishdi va tarqalishdi.
Hujumchilar armatura bilan qurollangan edi, buning natijasida uchta fransuz ultrasi yengil jarohat oldi. Ulardan ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan, keyin esa o‘sha kechasi chiqarilgan.
Hozirda polisiya hujumchilarning shaxsini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.