"Tottenxem" posboni singan oyog‘i bilan "Manchester Siti"ga qarshi 60 daqiqa o‘ynagani ma’lum bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Anj Postekoglu jamoa darvozaboni Gulyelmo Vikarioning jarohati haqida fikr bildirdi.
Avvalroq darvozabonning o‘zi ham oyog‘i singan holda "Manchester Siti" bilan o‘yinda (4:0) bir soat o‘ynaganini tan olgandi.
"Vikario bir necha oy davomida yo‘q bo‘ladi. Uning to‘pig‘i singan holda 60 daqiqa shu darajada o‘ynagani Gulyelmo haqida ko‘p narsadan dalolat beradi", - dedi Postekoglu.
Joriy mavsumda 28 yoshli Vikario barcha turnirlarni hisobga olgan holda 15ta uchrashuvda qatnashib, 15ta gol o‘tkazib yubordi va to‘rt marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.