Portugaliya yetakchilari o‘z jamoalari safiga qaytib ketishadi
Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Pedru Netu va Bernardu Silva kechagi Polshaga qarshi (5:1) o‘yindan so‘ng o‘z klublariga qaytishi kutilmoqda.
Portugaliya Millatlar ligasi chorak finaliga yo‘llanma oldi va murabbiy Roberto Martines ular o‘rniga Fabiu Silva va Jovanni Kendani chaqiradi.