Alba hakamni haqoratladi
"Inter Mayami" MLS pley-off bosqichidan chiqib ketganidan so‘ng, Jordi Alba hakamdan g‘azablandi.
"Atlanta"dan 2:3 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Inter" himoyachisi hakamga: "Sen ahmoqsan, sen ahmoqsan!", deya baqirdi. Uning bu so‘zlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
"Atlanta"ga qarshi o‘yinda "Inter"ning goli 25-daqiqada ofsayd tufayli bekor qilindi. O‘shanda "Mayami" futbolchilari jarima maydonchasi ichida raqibning qo‘l bilan to‘p o‘ynagani uchun penalti talab qilishgan, biroq penalti belgilanmagan.