Xoland - APL tarixida 75 ta gol urish uchun eng kam o‘yin o‘tkazgan futbolchi
Erling Xoland APL to‘purarlari ro‘yxatida ta’qibchilar o‘rtasidagi farqni oshirdi.
"Manchester Siti" hujumchisi 11-turda "Brayton"ga qarshi o‘yinning 23-daqiqasida hisobni ochdi. Bahs "chaykalar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hozir Xoland chempionatda 12 ta golga ega - Kris Vud ("Nottingem Forest") va Brian Mbemo ("Brentford") dan 4 tadan golga ko‘p.
Xoland APLda tarixda eng tez 75 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun unga 77 ta o‘yin kerak bo‘ldi.