Rodri: "Har bir inson o‘z fikrini bildirish huquqiga ega"
“Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri oktyabr oyi oxirida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.
"Real"ning sobiq hujumchisi Karim Benzema marosimdan so‘ng hujumchi Vinisius Junior mukofotga ko‘proq loyiq ekanligini aytdi.
Rodri fransuzning so‘zlari uni xafa qildimi, degan savolga javob berdi.
"Yo‘q, bu to‘g‘ri emas. Har bir inson o‘z fikrini bildirish huquqiga ega. Men hammani xursand qila olmayman.
Benzema haqida shuni aytishim mumkinki, u 2022 yilgi “Oltin to‘p”ning haqiqiy egasi bo‘lgan. O‘sha yili u bizni qiynab qo‘ygandi (kuladi)", - deya Rodrining so‘zlarini keltiradi France Football.