Enrike: "Uchta o‘yinda 50 ta imkoniyat yaratdik, ammo g‘alaba qozona olmadik"
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Atletiko"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"O‘yinni tahlil qilish uchun yana bir bor tomosha qilishim kerak. Nima bo‘layotganini tushuntirib bera olmayman, Chempionlar ligasining so‘nggi uchta o‘yinida biz 50 ga yaqin imkoniyat yaratdik, ammo g‘alaba qozonilmadi. Men o‘z g‘oyalarimga sodiq qolaman, futbol buning uchun meni mukofotlaydi.
Biz bu natijani qabul qilishimiz va davom etishimiz kerak, jamoaga bo‘lgan ishonchim so‘nmas. Oldinda to‘rtta o‘yin bor, oldinga chiqish uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashamiz. Takror aytaman, men o‘z futbolchilarimga ishonaman", - deya Enrikening so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.