Deyagere: "Messi o‘zini "PSJ"da yomon his qilganini yashirmadi"
"Sharlott"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Kortreyk"da o‘ynayotgan Brext Deyagere "Inter Mayami" sardori Lionel Messi bilan suhbati haqida gapirdi.
"Final hushtagi yangraganidan so‘ng, men undan qayerda o‘zini yaxshi his qilayotganini so‘radim - Mayamidami yoki Fransiyada. U hayron bo‘ldi. Men Tuluzada bo‘lganimda unga qarshi "Park de Prens"da o‘ynaganimni aytdim. U meni eslamadi ... lekin men uchun bu amalga oshgan bolalik orzusi edi.
Messi har doim mening sevimli futbolchim bo‘lgan! U bilan uchrashish aql bovar qilmaydigan narsa edi... Va o‘sha kuni u menga "PSJ"da o‘zini yomon his qilganini aytdi. Chunki, parijliklar dastlab uni yaxshi qabul qilishgan bo‘lsa, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng har gal to‘pga tekkanida hushtakbozlik qila boshlashdi va u bundan charchadi.
Menimcha, o‘sha kuni unga bir necha marta qo‘pollik qilganman. Ammo o‘yindan keyin men uning futbolkasini so‘rashga jur’at eta olmadim: har safar yuzga yaqin odam undan futbolka so‘rasa, u bundan charchaydi..." dedi Deyagere RTBF bilan suhbatda.