Belyerin: "Har kimning o‘z pozisiyasi bo‘lishi kerak"
Ispaniyalik futbolchi Ektor Belyerin tez-tez tanqid ob’ektiga aylansa ham, o‘z fikrini aytishdan qo‘rqmaydi.
Jumladan, uning ayol futbolchilar erkak futbolchilar bilan bir xil miqdorda maosh olishi kerakligi haqidagi so‘zlari ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
"Hamma tenglikni xohlaydi, lekin futbolda negadir bunday emas. Men haqiqatan ham bu fikrlarim uchun juda ko‘p tanqidlarga uchraganman, lekin men o‘z fikrimdan qaytmayman.
Har kimning o‘z pozisiyasi bo‘lishi kerak va men buni bildirmoqchiman, futbolda bu mavzuda hech qanday taqiqlar bo‘lmasligi kerak deb hisoblayman", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Ispaniyaning EL Pais nashri.