KO‘JCHda ishtirok etishdan bosh tortga klublar jarimaga tortiladi
Sky Sports jurnalisti Keyv Solxekol FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun yangi qoidalarni o‘rnatishi haqida xabar berdi.
Yangiliklarga ko‘ra, klublar turnir o‘yinlariga eng kuchli tarkiblarni jalb etishlari kerak.
Musobaqada ishtirok etmaslik kamida 445 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortiladi.
Egalari bir nechta klublarda aksiyalarga ega bo‘lishlari mumkin emas.
Jamoalar lagerga birinchi o‘yindan 3-5 kun oldin kelishlari kerak.
Klubning dastlabki qaydnomasiga 26-50 nafar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri turnir uchun qaydnomaga esa 26-35 nafar futbolchi kiritiladi.
Futbol federasiyalari maxsus transfer oynasini ochishlari mumkin - 1-10 iyun.
7 iyundan 3 iyulgacha klublar o‘z tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar futbolchini qo‘shib olishlari mumkin bo‘ladi.
Futbolchilar faqat bitta jamoada o‘ynashi mumkin.
Sovrinlar haqidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritilmoqda.
Qoidalar 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionati oldidan kuchga kiradi.