"PSJ"ning sobiq sport direktori: "Hech kim klubdan katta bo‘lmasligi kerak"
Leonardo Kilian Mbappe bilan shartnomani 2022 yilda uzaytirishga qarshi ekanligini tan oldi.
"Men [shartnoma uzaytirilishiga] qarshi edim. Qolaversa, menimcha, 2021/22 yilgi mavsum oxirida "PSJ"ga «Real»dan taklif tushgan va uning shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolganida Kilian sotilishi kerak edi.
Menimcha, bir kishiga shuncha ko‘p sarmoya kiritish o‘zini oqlamaydi. Bu borada aniq pozisiyam bor edi: hech kim klubdan katta bo‘lmasligi kerak", - dedi "PSJ"ning sobiq sport direktori.
O‘tgan yozda Mbappe "Real"ga erkin agent sifatida o‘tgan edi.