Myuller: "O‘yinlarning borishini nazorat qilamiz"
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller jamoasining joriy mavsumdagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan (1:4) so‘ng myunxenliklar "Boxum" (5:0), "Mayns" (4:0) va "Union Berlin" (3:0) klublarini mag‘lub etib, ketma-ket uchta yirik g‘alabaga erishdi.
"Agar vaziyatni batafsil tahlil qiladigan bo‘lsak, "Union" bilan o‘yinda omadimiz kelgan paytlar ham bo‘ldi.
Biroq, bizning hozirgi yo‘l nafaqat yorqin o‘yin, balki natijani ham talab qiladi. Biz ustunlik qilamiz, o‘z darvozamizga bir nechta zarba berishga imkon beramiz - ayniqsa oldingi mavsumlar bilan solishtirganda.
Himoyaga yo‘naltirilgan jamoalar bilan uchrashuvlarda ketma-ket uchta g‘alabaga erishdik. Albatta, bu “Barselona” va Frankfurtning “Ayntraxt” klublari bilan o‘yinlardan farq qiladi, lekin biz haqiqatda o‘yinlar borishini nazorat qilamiz va raqiblarimizga ko‘p imkon bermaymiz. "Bavariya" juda yaxshi o‘ynamoqda", - deya Myullerning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.