Rafinya: "Ochlikdan o‘ldim, deyish nohaqlik bo‘lardi"
Joriy mavsumda ajoyib futbol o‘tkazayotgan "Barselona" vingeri Rafinya hayotidagi qiyin davr haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ochlikdan o‘ldim, deyish nohaqlik bo‘lardi. Uyda ota-onamga hech qachon ovqat yetishmasdi. Ammo mashg‘ulotdan so‘ng men ko‘chada turib, odamlardan menga ovqat sotib olishlarini so‘rardim.
Ba’zilar menga yordam berishardi, boshqalari meni ochiqchasiga dangasa deb atashardi. Bu men 12-14 yoshda bo‘lgan paytimda sodir bo‘lgan", - deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi UOL Esporte.