Xyoylund Ten Xagning iste’fosiga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylund jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan Erik ten Xagga murojaat qildi.
"Hammasi uchun rahmat, boss.
Kelajakda sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - deb yozadi Rasmus Xyoylund.
21 yoshli Rasmus ten Xag davrida "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shildi. Ular birgalikda 51 o‘yin o‘tkazishdi, daniyalik 18 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.