Vinisius va Bellingem 3 dan 1 yulduzga loyiq ko‘rildi. Qolganlarchi?
"Barselona"ning olti nafar futbolchisi "El-klasiko" uchun Marca nashridan eng yuqori bahoni olishdi.
Xansi Flik shogirdlari "Santyago Bernabeu"da "Real"ni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Robert Levandovski, Pedri, Rafinya Dias, Inyaki Penya, Inigo Martines va Mark Kasado uch yulduzdan 3 taga baholandi. Flik ham xuddi shunday bahoga ega bo‘ldi.
Madridda hech kimda bittadan ortiq yulduz olmali - Vinisius va Bellingem 1 ta yulduz oldi. Kilian Mbappe, Orelyen Tchuameni, Ferlan Mendi, Antonio Ryudiger va Eder Militao va "Real"ga murabbiylik qilayotgan Karlo Anchelottida birorta ham yulduz yo‘q.