Lingard Janubiy Koreyada tergov ostida qolmoqda
"Seul" klubi futbolchisi Jessi Lingard ijtimoiy tarmoqqa elektr doskada ko‘chada ketayotgani tasvirini joylashtirdi. Ingliz videoni o‘chirib tashladi, ammo Seul polisiyasi bu voqea yuzasidan tergov boshladi. Lingard lisenziyasiz elektr doskani boshqarganlikda gumon qilinmoqda.
Janubiy Koreya polisiyasi e’tiborini nafaqat Lingardning lisenziyasiz, balki futbolchining himoya vositalarining yo‘qligi va mast bo‘lishi mumkinligi ham jalb qilgan.
Jessi Lingard futbol olamida asosan "Manchester Yunayted"dagi o‘yinlari bilan tanilgan.