O‘tgan "El-klasiko"da qovun tushirgan VAR hakami bu safar asosiy hakam bo‘lib ishlaydi
Shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "El-klasiko"ni kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, La Liganing 11-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" uchrashuviga Xose Mariya Sanches Martines bosh hakam etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Sanches Martines aprel oyida bo‘lib o‘tgan "klasiko"da VAR uchun javobgar edi - o‘shanda "Real" 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘shanda hakam bosh hakam Sezar Soto Gradoning 1-bo‘limda Lamin Yamalning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmaganini inobatga olib, golni hisoblamaslik haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi.