Xoland eng ko‘p piyoda yurmoqda
BBC Sports va Opta hamkorlikda bu mavsum APLning eng tezkor futbolchisini aniqlashdi.
Eng tezkor futbolchi deb "Tottenxem" himoyachisi Miki van de Ven topildi. Uning maksimal tezligi 37,1 km/soatga yetgan.
Eng ko‘p sprintni amaga oshirgan futbolchi "Nyukasl" vakili Entoni Gordon bo‘ldi — 187 ta.
Eng ko‘p piyoda yurgan futbolchi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bo‘ldi (28,2 km).