"Liverpul" futbolchisi "Leypsig"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Liverpul" hujumchisi Diogo Jota kelasi chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Leypsig"ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Jota "Liverpul"ning Premyer-liga mavsumidagi sakkizta o‘yinidan yettitasini, shu jumladan yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Biroq "Liverpul"ning "Chelsi"ga qarshi (2:1) g‘alaba qozongan bu o‘yini Jota uchun 30-daqiqada yakunlandi. 27 yoshli portugaliyalik futbolchi Darvin Nunyesga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
Jotaning Tosin Adarabioyo bilan to‘qnashuvi o‘z izini qoldirgan ko‘rinadi va "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining bir muncha vaqt Diogosiz qolishi kutilmoqda.
"Diogo almashtirilishi kerak edi. Bu nima ekanligini bilmayman, lekin u chorshanba kuni o‘ynay olsa, hayron qolaman", - dedi Slott Sky Sports bilan suhbatda.