Futzal. JCHda ishtirok etadigan so‘nggi mamlakat ham Toshkentga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 11 sentyabr kuni Angola milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Angola milliy terma jamoasi delegasiyasini kutib oldi hamda odatga ko‘ra mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.