Martines o‘yindan keyin kameraga zarba bergani uchun uch o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin
Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Kolumbiyaga qarshi JCH-2026 saralash o‘yinidan keyin operatorning kamerasiga zarba bergani uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bu haqda canalrcn.com nashri xabar berdi.
Argentina terma jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng operator Emiliano Martinesga yaqinlashdi va darvozabon kameraga zarba berdi. Qayd etilishicha, o‘yin hakami bo‘lmagan shaxsga qilingan hujum uchun kamida uchta o‘yin diskvalifikasiyasi belgilanishi mumkin.
25-daqiqada Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Yerson Moskera hisobni ochdi. 48-daqiqada Argentinaning javob golini hujumchi Nikolas Gonsales kiritdi. Mezbonlarga g‘alabani yarim himoyachi Xames Rodriges olib keldi va u 60-daqiqada penaltini golga aylantirdi.