Fransiya hokimiyati "PSJ" muxlislariga "Marsel" bilan safar o‘yiniga borishni taqiqladi
Fransiya Ichki ishlar vazirligi "Pari Sen-Jermen" muxlislarining "Marsel" klubi bilan safar o‘yini Marselga borishini taqiqlovchi qaror chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 27 oktyabr kuni Liga 1 9-turi doirasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi RMC Sport.
17 oktyabr, payshanba kuni hukumat idoralari Ichki ishlar vazirligi buyrug‘i bilan "PSJ" muxlislarining Marselga kirishi taqiqlanganini tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, Parij klubi muxlislari 27 oktyabr kuni Marselga bora olmaydi.