Bekxem: "MYU muxlislari o‘tgan yillar davomida menejmentga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishdi"
Devid Bekxem "Manchester Yunayted"ning yangi xo‘jayini Jim Retkliffning ishini yuqori baholadi.
INEOS rahbari fevral oyida klubning 25% ulushini sotib olib, uning hammuallifiga aylandi.
Retkliff xarajatlarni kamaytirish uchun bir qator choralar ko‘rdi, jumladan 250 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi.
Shuningdek, Aleks Fergyusonga klub elchisi lavozimi uchun pul to‘lashni to‘xtatdi.
"O‘zgarishlar kerak edi, klubni qanday boshqarish va qarorlar qabul qilish borasida yangicha qarash kerak edi.
Men Jimni juda yaxshi ko‘raman va yillar davomida u bilan bir necha bor uchrashganman. U muxlis va ajoyib biznesmen, eng yaxshilaridan biri. Eng muhimi, muxlislar uning klub haqida qayg‘urayotganini ko‘rishadi.
Muxlislar o‘tgan yillar davomida menejmentga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishdi va u haqiqatan ham nima qilishni va yaratmoqchi ekanligiga e’tibor qaratgani ko‘rinib turibdi.
Umid qilamanki, hamma narsa o‘zgaradi, lekin bu vaqt talab etadi.
Biz "Manchester Yunayted" muxlislari yillar davomida yetarlicha sabr qildik, lekin biz eski kunlarni qaytarishni istaymiz va u qanchalik tezroq bo‘lsa, shuncha yaxshi", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Devid Bekxem.