"An-Nasr" sobiq bosh murabbiyi: "Ronaldu eng zo‘ri bo‘lishga qaror qilgan va shunday bo‘ladi"
2024 yil sentabrida "An-Nasr" bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan Luish Kashtru portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Krishtianu eng yaxshi bo‘lishga qat’iy qaror qilgan va shunday bo‘ladi. Siz uni har kuni mashg‘ulotlarda ko‘rasiz. Unda doimiy ravishda o‘ynash, rekordlar yangilash, eng chiroyli gollarni urish istagi bor. U hamma narsada qat’iyatli bo‘lishda davom etadi. U futbol unga deyarli hamma narsani berganini biladi va uni juda yaxshi ko‘radi", - deya Kashtru so‘zlarini keltirmoqda Record.pt.
Kashtru boshchiligida riyodliklar barcha turnirlarda 54 ta o‘yin o‘tkazib, 36 marta g‘alaba qozongan, 9 marta durang o‘ynagan va 9 marta mag‘lubiyatga uchragan.