Stoykovich Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi
Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Stoykovich Millatlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yin (0:3) haqida gapirdi.
"Avvalo, Ispaniyani tabriklamoqchiman. Bu haqiqatan ham yaxshi jamoa. Ularda ko‘proq g‘oyalar bor edi va tezroq harakat qilishdi. Ularning Yevropa chempioni bo‘lishlari bejiz emas.
Bizda hisobni tenglashtirish va gol o‘tkazib yuborish imkoniyati bo‘ldi, ammo o‘shandan beri vaziyat tobora og‘irlashgan bo‘lsa-da, kim biladi, agar gol urganimizda nima bo‘lar edi. Umuman olganda, bu biz uchun ajoyib tajriba bo‘ldi.
Bu A ligadagi ilk mavumimiz. Bizda futbolchilar yetishmayotgan edi va menimcha, agar ular mavjud bo‘lganida, hozir guruhdagi o‘yin juda boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi", - deya Stoykovich so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.