"Leypsig" forvardi "Arsenal" e’tiboridan chetda qolmayapti
Jurnalist Ben Jeykobsga ko‘ra, "Leypsig" hujumchisi Benjamin Sheshkoga hali ham "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, London klubi 21 yoshli sloveniyalik futbolchiga jiddiy qiziqishda davom etmoqda.
"Arsenal" o‘tgan yozda Sheshkoni sotib olmoqchi edi, biroq futbolchi shartnomasini uzaytirib, jamoasini tark etmaslikka qaror qildi.
"Leypsig" Sheshkoni 2023 yilning yozida "Zalsburg"dan 24 million yevroga sotib olgandi.